Koreya agentligi TATUda bir nechta loyihalarni moliyalashtiradi
Bugun, 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish» loyihasining yakunlanishi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda AKT vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari qatnashdi.
Unda «Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish» loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha natijalar ko‘rib chiqildi. Loyihaning maqsadi TATU va uning Samarqand filialida ta’lim jarayonini boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga ta’lim va boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.
Loyiha bo‘yicha TATU va uning Samarqand filialida ma’lumotlar markazlari ish boshladi. Universitet raqamli kutubxonasining 2 ta xonasi yangi kompyuterlar bilan jihozlandi, 3 ta namunaviy ma’ruza xonalari va 1 ta kompyuter sinfi tashkil etildi.
KOICA agentligining beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan KUKMIN universiteti bilan hamkorlikda «TATUda Global IT-biznes ta’lim yo‘nalishini ochish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantiruvchi FABLAB tashkil etish» loyihasi 2022 yilda moliyalashtiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritildi.
Mazkur loyihani 2022-2025 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
Uchrashuv so‘ngida hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’yi-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter