Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUning Urganch filialida Inkubatsiya markazi tashkil etildi

TATUning Urganch filialida Inkubatsiya markazi tashkil etildi

Joriy yilning 28-avgust kuni Muhammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Inkubatsiya markazi tashkil etildi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Markazni ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari hamda viloyatdagi barcha soha korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Ushbu markaz zamonaviy dizayn asosida ta’mirlanib, eng so‘ngi rusumdagi kompyuter va boshqa zarur texnika vositalari bilan to‘liq jihozlandi.

Inkubatsiya markazida viloyat yoshlari o‘zlarining axborot texnologiyalari va dasturlash sohasidagi startap loyihalarini ishlab chiqib ularni amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanadilar. Muhammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilgan Inkubatsiya markazi Xorazm viloyati yoshlari uchun mamlakatimizning Mustaqillikning 30 yillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring