Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi yirik kanalda «virus» tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

«Telegram»dagi yirik kanalda «virus» tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

2018-yilning 4-oktyabr kuni Internet tarmog‘idagi «Telegram» mesendjeridagi 374 mingdan ortiq a’zolari bo‘lgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvchi dasturlar tarqatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.V. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

«Shu kabi jinoyatlar, qotillik va o‘zini o‘ldirishga undovchi harakatlarga qarshi kurashish borasida respublikamizda eng avvalo bularning asosi bo‘lgan axborot tarmoqlari, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazalar yaratilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 29-moddasida «Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir», deb belgilab qo‘yilgani bu sohada tashlangan ilk muhim qadam bo‘ldi» deyiladi IIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring