«TikTok»ning maqsadi nima?
Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlar — Facebook (Meta) va TikTok ko‘p qiyoslanadi. Facebook juda tez bo‘y cho‘zayotgan raqobatchisidan nimalarnidir o‘rganishga urinayotgani sir emas, TikTok esa...
TikTok top-menejeri ikki kompaniya farqini CNBC bilan suhbatda tushuntirdi: «Facebook — ijtimoiy tarmoq. Ular hamma algoritmlarini ijtimoiy negizga qurishgan. Ularning salohiyati shunda. Bizda boshqacha — ko‘ngilochar platforma… Farq katta».
Kompaniya vakili TikTok ko‘ngilochar ilova sifatida ayni paytda tengsiz ekanini aytib, uning foydalanuvchilari o‘ziga xos madaniy tajribaga ega bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.
«Facebook har holda bizning izimizdan kelmasa kerak, aks holda o‘zining asl mohiyati — ijtimoiy funksiyasini yo‘qotib qo‘yadi. Bunga tayyorga ham o‘xshamaydi», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter