Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamli texnologiyalar vazirligiga o‘tkazildi

Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamli texnologiyalar vazirligiga o‘tkazildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda IT sohada dasturiy mahsulot ishlab chiqarishda ham, eksportda ham hududlar kesimida nomutanosiblik kuzatilayotgani, asosiy qism Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Salohiyati yuqori bo‘lgan Navoiyda atigi 20 ming dollar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bor-yo‘g‘i 170 ming dollarlik eksport bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda ham iqtidorli yoshlar ko‘pligi, lekin ularga sharoit yo‘qligi uchun IT xizmatlari rivojlanmayotgani ta’kidlandi.

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida haligacha IT parklar tashkil etilmagani tanqid qilinib, bu boradagi ishlarni jadallashtirishga topshiriq berildi.

Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Prezidentimiz yangi imkoniyatlarni ko‘rsatdi.

Eng avvalo, raqamlashtirish bo‘yicha Toshkentda sinovdan o‘tgan loyihalar barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.

Yig‘ilishda aholi muammolarini hal qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Misol uchun, Toshkent shahrida aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan portal ishga tushirildi.

Bunda, aholi kommunal, yo‘l, obodonlashtirish va energetika kabi muammolarni telefonda rasmga olib, portalga jo‘natadi.

Mutasaddi idoralar esa, ushbu muammoni hal qilganini «quruq gap» bilan emas, balki oldingi ahvol va kamchilik bartaraf etilgan holatni rasmlari bilan aholiga yuboradi. Natijaga qarab, aholi hokimiyat faoliyatiga baho beradi.

Toshkent shahrining ijobiy tajribasidan foydalanish maqsadida Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamlashtirish vazirligiga o‘tkazilishi belgilandi. Departament respublikaning barcha hududlarini raqamlashtirishga mas’ul bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring