Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida global nosozliklar kuzatildi

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida global nosozliklar kuzatildi

Foto: «RIA Novosti»

Twitterning turli mamlakatlardagi foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdagi nosozliklardan shikoyat qilishdi. Buni ommaviy internet-resurslardagi nosozliklar va uzilishlarni kuzatib boruvchi Downdetector sayti ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqdagi nosozliklar haqidagi xabarlar soat 20:22 (Toshkent vaqti)dan boshlab paydo bo‘ldi. Asosan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniyada yashovchilar muammoga duch kelishgan. Rossiyada ham uzilish kuzatilgani aytilmoqda.

Nosozliklar asosan veb-sayt faoliyatida kuzatilgan. Shuningdek, ilova, yangiliklar tasmasi hamda serverga ulanishda ham muammolar yuzaga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring