Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZINFOCOM tashkil topganiga 19 yil to‘ldi

UZINFOCOM tashkil topganiga 19 yil to‘ldi

Foto: UZINFOCOM

Bugun, 30-iyul — UZINFOCOM tashkil topganiga 19 yil to‘ldi.

2002-yilning 30-iyul kuni davlat idoralarida axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida tashkil etilgan UZINFOCOM 2017-yil 29-avgustdan davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator sanaladi.

UZINFOCOM bugunga kelib ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, tarmoq texnologiyalari, axborot xavfsizligi, dasturiy ta’minot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan mobil ilovalar va raqamli identifikatsiyalash bo‘yicha ekspert tashkilotiga aylandi.

Elektron hukumat ma’lumotlarini qayta ishlash markazining operatori sifatida Yagona integrator My.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining  tunu kun ishlashini ta’minlaydi. Bunday hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun eng yuqori darajadagi uskunalardan foydalaniladi, ular sertifikatlangan muhandislarning ishonchli boshqaruvida.

Ma’lumotlarni qayta ishlash milliy markazlari (DPM) nafaqat serverlar va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridan iborat. Shuningdek tizimlashtirilgan kabel tizimlari, havoni yuqori aniqlikda tozalash, energiya, uzluksiz quvvat manbalari, dizel generatorlari to‘plamlari va zaxira quvvat manbalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlashni ham o‘z ichiga oladi.

Kompaniya portfoliosi juda yirik bo‘lib, milliy darajadagi katta va kichik loyihalardan iborat. Barcha loyihalar birdek muhim, har biri o‘ziga xos qiymat va eksklyuzivlikka ega. Vazirliklar va idoralar uchun idoralararo ma’lumotlar almashish platformasi va axborot tizimlari o‘n yildan ortiq vaqt davomida faoliyat va tajriba, tanishuv maydoni vazifasini bajarib kelmoqda, sun’iy intellektga asoslangan biometrik ma’lumotlar yordamida identifikatsiyalash kabi istiqbolli sohalar bo‘limi 2021 yilda paydo bo‘ldi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida boshqa davlatlardagi 60 dan ortiq turdosh tizimlar o‘rganilib, MyID biometrik identifikatsiyalash tizimi yaratildi va Prezident maktablariga qabul imtihonlarida ommaviy sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu tizim bir necha banklarda sayyor sinovlardan o‘tmoqda va 40 ming nafar mijoz va xodimlarni masofadan autentifikatsiyalash muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi kompaniyaning bilimi, jipsligi, favqulodda holatlarda ishlashga qay darajada shayligi va eng muhimi, belgilangan vazifalarni qisqa vaqt ichida va sifatli uddalay olishini jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Muhandislar infratuzilmani yangi ob’yektlarda joylashtirayotgan bir pallada, dasturchilar dasturiy ta’minot yaratish bilan band bo‘lishdi, jumladan, mobil ilovalar yaratishdi, ularni sinash, bozorlarga joylashtirish va yangi foydalanuvchilarni o‘rgatish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Juda qisqa muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot saytlari ishlab chiqildi, bemorlarning joylashuvini aniqlovchi Kasal.uz platformasi yaratildi, raqamli poliklinika hamda masofadan xizmat ko‘rsatuvchi boshqa servislar, xususan, barcha raqamli xizmatlarni jamlagan Uydaqoling.uz ishga tushirildi. Shu bilan birga, texnik rivojlanish davom ettirildi — apparat majmualari yangilandi va yanada kuchaytirildi, mutaxassislar bilimlarini oshirib, sertifikat bo‘yicha imtihonlardan o‘tdilar.

UZINFOCOM ma’lumotlarni ishlash markazi server platformasini va bulutli sevislarini yangiladi, virtual muhit yanada kengaydi, tezlashdi, ishonchliligi oshdi.

Adliya vazirligi uchun juda salmoqli ishlar bajarildi — qonun ijodkorligi uchun bir nechta platforma yaratildi, bular qatorida Regulation.gov.uz, Project.gov.uz, Eqaror.gov.uz platformalarini sanab o‘tish mumkin. Bu platformalarda jarayon to‘liq raqamlashtirilgan. Fuqarolar o‘z takliflarini Meningfikrim.uz jamoatchilik murojaatlari hamda Pm.uz Prezidentga murojaatlar portallarida bildirisha olishadi.

Ochiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati ham juda muhim. Buning uchun Data.gov.uz muntazam ishlab turibdi. Undagi ma’lumotlar tinmay yangilab boriladi va BMTning taraqqiyot xalqaro reytingidagi respublikamizning o‘rniga bevosita ta’sirga ega.

IT Parkning eng yirik rezidentlaridan biri sifatida kompaniya o‘zini zamonaviylashtirish va jamoasini rivojlantirish uchun taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanmoqda. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, kompleks qurilmalarni diagnostikalash laboratoriyalari kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Elektron ta’lim, turizm loyihalari faol bosqichda, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya bilan shartnomalar asosida ishlar ketmoqda.

Internetning milliy segmenti — .UZ domenini rivojlantirishni muvofiqlashtirish orqali UZINFOCOM internetni boshqarish bo‘yicha ICANN, RIPE NCC, AP TLD singari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston vakili sanaladi. Kompaniya mutaxassislari xavfsizlik nuqtai nazaridan O‘znetni dunyodagi eng toza domenlardan biriga aylantira olishdi. O‘zbekistonda kiberskvotting taqiqlangan, fishing va frod ta’qib etiladi, domen nomlari mutlaqo huquqiy maydonda taqdim etiladi. Milliy muhitdagi faol domenlar soni 100 000 ga yaqinlashmoqda. O‘zbekistondagi jami yettita ildiz serveri yaqinda yangilandi va domen nomlarini xavfsiz taqdim etishning DNSSEC texnologiyasi qo‘llanmoqda.

O‘tgan 19 yillik faoliyati davomida kompaniya jamoasi eng sifatli mahsulot va xizmatlar yaratishga intilib keldi. UZINFOCOM jamoasi  yana bir yildan so‘ng, 20 yillik yubileyida yangi yo‘nalishlar, loyihalar, texnologiyalar, axborot tizimlarini joriy etishdagi yutuqlarini tanishtirish va nishonlash uchun barcha mehmonlarini bir dasturxon atrofida jamlay olishiga katta umid bildirib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring