Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UZMOBILE» TAS-IX internet-paketlarini doimiy ravishda ishga tushirdi

«UZMOBILE» TAS-IX internet-paketlarini doimiy ravishda ishga tushirdi

Foto: «UzOplata»

«UZMOBILE» kompaniyasi TAS-IX internet-paketlarini doimiy ravishda ishga tushirgani haqida xabar berdi.

Paketlar GSM standarti tarmog‘ida mavjud bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan va abonentlar hajmi 1000, 5000 va 10,000 MB trafikni xarid qilishlari mumkin.

Mazkur internet-paketlar haqida batafsil ma’lumot kompaniya saytida keltirilgan.

Ma’lumot uchun: TAS-IX — bu O‘znet «ichida» trafik almashish haqida beshta yirik provayderlar kelishuvi natijasida paydo bo‘lgan, ya’ni xalqaro ma’lumotlar uzatish kanallaridan foydalanmasdan trafik almashish nuqtasidir. Bu — xalqaro resurslarga nisbatan TAS-IX zonasidagi saytlarga arzon narxlarda ulanish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring