«WhatsApp» pulli xabarlarni joriy qiladi
«WhatsApp» messenjeri pulli xabarlar xizmatini yo‘lga qo‘yadi, ushbu xizmat faqat biznes-foydalanuvchilar uchun joriy qilinadi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
«O‘tgan yili xabar qilganimizdek, «WhatsApp» kompaniyalar va ularning mijozlari o‘rtasidagi aloqani osonlashtirish uchun yangi xizmatlarni joriy qilmoqda. Bugun biz kompaniyalar uchun yanada kengroq imkoniyatlarni yaratmoqdamiz», − deyiladi kompaniya xabarida.
Messenjer rahbariyatining ta’kidlashicha, mijozlar kompaniya bilan bir necha usulda bog‘lanishlari mumkin. Birinchisi – mijoz unga «WhatsApp» orqali kerakli ma’lumotlarni yuborishlari uchun kompaniyaga o‘z raqamini yuborishi mumkin. Ikkinchisi – kompaniya bilan rasmiy veb-saytdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa belgisi yoki «Facebook»dagi reklama orqali tezkor ulanish. Uchinchisi – kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish.
«Ba’zi xabarlarni yuborish xizmati kompaniya uchun pullik bo‘ladi, shunday qilib, kompaniyalar xabarlarni yuborishda e’tiborliroq bo‘ladilar, sizning yozishmalaringizda esa tartibsizlik bo‘lmaydi», − aniqlik kiritgan kompaniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter