Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Windows 10»da android ilova va o‘yinlardan foydalanish mumkin bo‘ladi

«Windows 10»da android ilova va o‘yinlardan foydalanish mumkin bo‘ladi

Foto: «Windows Central»

«Microsoft» kompaniyasi «Project Latte» (kod nomi) loyihasi ustida ish olib boryapti. Maqsad dasturchilarga o‘z android-ishlanmalarini deyarli hech qanday o‘zgartirishlarsiz «Windows 10»ga olib o‘tish imkonini berishdir, deyiladi «Windows Central» xabarida. Buning uchun android-ilovalar MSIX formatiga o‘girilib, «Microsoft Store»da joylantirilsa kifoya.

Loyiha 2021-yilda taqdim etilishi kutilyapti.

Hozircha gap ARM arxitekturasiga qurilgan protsessorlarda ishlovchi «Windows 10»lar haqida ketyapti — android-smartfonlar ham shu yo‘sinda qurilgan.

«Microsoft» shu tariqa o‘z o‘yin va ilovalar kutubxonasini ancha kengaytirib olishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring