Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

«Windows 10»da barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari

«Windows 10»da barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari

Foto: «Hi-News»

Klaviaturadagi kombinatsiyalardan foydalanish kompyuterda ishlashni yanada qulaylashtirib, unumdorlikni oshiradi. Quyida keltirilgan ro‘yxatda siz oldingi versiyalarda tanish bo‘lgan kombinatsiyalar bilan bir qatorda, «Windows 10» bilan birga paydo bo‘lganlarini topishingiz mumkin. Ularning barchasini yodlab olishning hecham keragi yo‘q, bu albatta oson ish emas. Shunchaki eng ko‘p foydalanadigan 3-4 operatsiyani tanlang, ularga mos bo‘lgan klavishlarni stikerga yozib, doimiy ko‘rinib turadigan joyga yopishtirib qo‘ying. Ular tez orada miyangizda muhrlanib qoladi.

Oynalar va ilovalarni boshqarish

Win + ← (strelka chapga) — ilova oynasini ekranning chap tomoniga joylashtirish.

Win + → (strelka o‘ngga) — ilova oynasini ekranning o‘ng tomoniga joylashtirish.

Win + ↑ (strelka tepaga) — ilova oynasini butun ekranga yoyish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u tepa qismda ekranning chorak qismini egallaydi.

Win + ↓ (strelka pastga) — aktiv oynani pastga tushirish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u pastki qismda ekranning chorak qismini egallaydi.

Eslatma: Pastga tushirish deganda biz oynani vazifalar paneliga tushirishni nazarda tutmoqdamiz, ya’ni: «Svernut okno v panel zadach».

Win + D — ish stolini ko‘rsatish va berkitish (oynalarni boshqarish orqali).

Win + Shift + M — pastga tushirilgan oynalarni qayta tiklash (oynalar ekranda egallab turgan avvalgi holatiga qaytadi).

Win + Home — aktiv oynadan tashqari qolgan barcha oynalarni pastga tushirish (qayta bosganda barcha oynalarni avvalgi holatiga tiklash).

Alt + Tab — ishga tushirilgan ilovalar o‘rtasida o‘tish.

Alt + F4 — aktiv oynani yopish.

Win + Shift + ← (strelka chapga) yoki → (o‘ngga) — oynani boshqa monitorga o‘tkazish.

Win + T — vazifalar panelida ketma-ket ikonkalar bo‘yicha o‘tish. Ilovani ishga tushirish uchun «Enter»ni bosing.

Win + 0…9 — vazifalar panelidagi ikonkaning tartib raqamiga mos tarzda ilovani ishga tushirish.

«Provodnik» oynasi

Win + E — fayl menejerini ishga tushirish.

Ctrl + N — yangi oynani ochish.

Ctrl + sichqoncha g‘ildiragi — elementlar ko‘rinishini o‘zgartirish (ikonkalar, jadvallar, eskizlar va hokazo).

Alt + ↑ (strelka tepaga) — bir bosqich tepaga ko‘tarilish.

Alt + ← (strelka chapga) — oldingi papkani ko‘rish.

Alt + → (strelka o‘ngga) — keyingi papkani ko‘rish.

Virtual ish stollari

Win + Ctrl + D — virtual ish stolini qo‘shish.

Win + Ctrl + ← (strelka chapga) — virtual ish stollari o‘rtasida o‘ngdan chapga o‘tish.

Win + Ctrl + → (strelka o‘ngga) — virtual ish stollari o‘rtasida chapdan o‘ngga o‘tish.

Win + Ctrl + F4 — ishlatilayotgan virtual ish stolini yopish.

Win + Tab — barcha ish stollari va ulardagi ilovalarni ko‘rsatish.

Windows

Ctrl + Shift + Esc — «Dispetcher zadach»ni ishga tushirish.

Win + R«Vipolnit» komanda kiritish oynasini ochish.

Shift + Delete — fayllarni savat (korzinka)ga yubormasdan o‘chirish.

Alt + Enter — tanlangan element xususiyati(svoystvo)ni ko‘rsatish.

Win + Space (probel) — kiritish tili va klaviatura raskladkasini o‘zgartirish.

Win + A«Sentr podderjki»ni ochish.

Win + S — qidiruv oynasini ochish.

Win + H«Podelitsya» panelini chaqirish.

Win + I«Parametri» oynasini ochish.

Skrinshotlar va o‘yinlar

Win + PrtScr — skrinshot yaratish va uni rasmlar papkasiga saqlash.

Win + Alt + PrtScr — o‘yin ekranini rasmga olish.

Win + G — o‘tish jarayonini yozib borish uchun o‘yin panelini ochish.

Win + Alt + G — aktiv oynadagi oxirgi 30 soniyani yozib olish.

Win + Alt + R — yozib olishni boshlash yoki to‘xtatish.

Win + P — namoyish etish rejimlari o‘rtasida o‘tish (ikkinchi displey mavjud bo‘lgan taqdirda).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring