Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows 11 chiqishiga ishora: «Microsoft» ramziy post qoldirdi

Windows 11 chiqishiga ishora: «Microsoft» ramziy post qoldirdi

Foto: «Microsoft»

«Microsoft» kompaniyasi 24-iyunga mo‘ljallangan tadbirini tizer qilishni oxirgi haftalarda avjiga chiqardi: qiziqroq narsa taqdim etadiganga o‘xshaydi. «Twitter»da qoldirgan oxirgi posti bilan shunga ishora qilayotgandek.

Kompaniya o‘z akkauntida miyaga dam berish zarurligini uqtirgan. Va ushbu suratni ilova qilgan:

Rasmdan «11» raqamini o‘qish va uqish mumkin. Yangi amaliy tizim haqida gap-so‘z yo‘q, ammo bu bo‘lg‘usi Windows 11 tizeri emasmikan? Chunki «Microsoft» ilgari ham bunaqa «syurprizlar»ni ko‘p qilgan.

Kompaniya rahbari Satya Nadella yaqindagina «Microsoft»  Windowsning yaqin o‘n yillikdagi eng muhim yangilanishini tayyorlayotgani haqida so‘z ochgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring