Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi

Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi

Foto: «Hightech.fm»

«Check Point» tadqiqotchilari faksimil aloqani qo‘llovchi ko‘p funksiyali qurilmalarda kritik xatoni topishdi. «Hightech.fm» yozishicha, agarda xakerlar buni bilib qolishganida ana shunday qurilmaga ulangan kompyuterni bemalol o‘z tizginlariga solib olishgan bo‘lardi.

Albatta, e’tiroz bo‘lishi mumkin — fakslar bugun kam ishlatiladi. To‘g‘ri, ammo ayrim ko‘p funksiyali qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar printer va skanerni «yolg‘izlatib» qo‘ymaslik uchun faksni ham qo‘shib chiqarishyapti. Bu qurilmalar internetga ulanadi, biroq himoya tizimi yo‘q hisobi.

«Check Point» kompyuter ustalari JPEG-fayllar kutubxonasi orqali «HP Officejet Pro 6830» qurilmasini buza olishdi. Buzilgan kompyuter tarmoq orqali boshqa qurilmalarga virus ulasha oladi. Bu jarayonda mutaxassislar mashhur «WannaCry» virusidan ishchi material sifatida foydalanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring