Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» kompyuter va smartfonga birdek tushuvchi fleshka chiqardi

«Xiaomi» kompyuter va smartfonga birdek tushuvchi fleshka chiqardi

Foto: «Xiaomi»

«Xiaomi» kompaniyasi kompyuter va smartfonga birdek tushuvchi fleshka (U Disk Flash Drive) chiqardi.

U Disk Flash Drive kompaniyaning Xitoydagi do‘konlari hamda «Youpin» maydonchasida sotuvga chiqdi. Fleshkalar ikki xil: 64 GB va 128 GB sig‘imli bo‘lib, narxi 99 yuan va 169 yuan (15,6 va 26,6 dollar atrofida).

U Disk Flash Drive «ikkitasi bittada» shaklidagi flesh-saqlagich bo‘lib, USB Type-A va USB Type-C ni qo‘llaydi. USB 3.2 Gen1 Type-A da o‘qish tezligi — 150 MB/soniya. Ushbu ulanish Windows 7/8/10/11, MacOS 10.6 va undan yuqori talqinlari, USB Type-C Android 4.4 va undan yuqori androidlar uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring