Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmlik yoshlarga mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan «MGovAward» tanlovi haqida ma’lumot berildi

Xorazmlik yoshlarga mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan «MGovAward» tanlovi haqida ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida O‘zbekistonda birinchi marotaba mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanloviga start berilgan edi.

Shu munosabat bilan tanlovni oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida keng ommalashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Toshkent shahridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) direktorining hindistonlik ekspert maslahatchisi — Jarayam Partasarti va IT-Park xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda TATU Urganch filiali, filial akademik litseyi, Urganch davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalaridan iborat 200 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi.

Seminar davomida dastlab Toshkent shahridagi IT-Park faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun texnoparkda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha «MGovAward» tanlovining maqsadi, mazmun-mohiyati, tanlov shartlari va boshqalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirda Jarayam Partasartiga TATU Urganch filiali faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring