Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandex Brauzer xorij tilidagi videoni rus tiliga o‘girishni o‘rganib oldi

Yandex Brauzer xorij tilidagi videoni rus tiliga o‘girishni o‘rganib oldi

Foto: «Yandex»

«Yandex» yangi ishlanmasi — videoni mashina tarjima qilish prototipini taqdim etdi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, bunaqa texnologiya dunyoda hali yagona bo‘lib, mashina tarjimasi, biometriya, nutqni aniqlash va sintez qilish texnologiyalarini o‘z ichiga olgan.

Ushbu ishlanma Yandex Brauzerda qo‘llaniladi: foydalanuvchilar istalgan xorij tilidagi videoni real vaqt tartibida kadr ortidagi tarjima orqali tomosha qilishlari mumkin. To‘g‘ri, hozircha bitta — ingliz tili bo‘yicha funksiya ishlashni boshladi, bu haqda «Yandex» vakillari «Ferra.ru»ga ma’lum qilishgan.

Rossiya IT-giganti texnologiya ustida ishlarni davom ettirishga va’da bergan, keyinchalik qaysi tildagi roliklarni tomosha qilish faqat foydalanuvchilarning ixtiyorida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring