Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» va «aqlli» fotoelektrik tizim — O‘zbekistondagi har bir xonadon va tashkilot uchun asosiy energiya manbaidir

«Yashil» va «aqlli» fotoelektrik tizim — O‘zbekistondagi har bir xonadon va tashkilot uchun asosiy energiya manbaidir

2022 yil 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan QTEM bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev QTEM’dan foydalanayotgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi haqida ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra quyosh qurilmalarini o‘rnatish uchun quvvatiga qarab 15 million so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi yoki qurilmani uch yillik foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati yaratiladi. 2022 yil oxirigacha 2107 ta bolalar bog‘chasi, 1000 ta maktab, 1071 ta oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar, 1000 ta yangi tibbiyot punktlari, 200 ta qariyalar uyi va boshqa tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Respublikada qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga muvofiq Huawei kam uglerodli rivojlanishni jadallashtirish va O‘zbekiston aholisi uchun yanada intelektual, ekologik va yaxshi hayotni ta’minlash uchun toza, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ta’minlash maqsadida innovatsiyalarni joriy etish va mahalliy hamkorlar bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqda.

Joriy yilda kompaniya tomonidan ishlab chiqarish, tijorat va sanoat sektorida foydalanish uchun mo‘ljallangan yirik elektr stansiyalari va xo‘jalikda foydalaniluvchi quyosh elektrostansiyalar bozori uchun fotovoltaniklar va energiya saqlash texnologiyalarini o‘zida birlashtirgan elektr stansiyalari uchun yangi FusionSolar Smart PV intelektual fotoelektrik yechimni ishga tushirdi. Taqdim etilgan yechimlar har bir uy va tashkilot uchun asosiy energiya manbai sifatida quyosh elektr stansiyalarining yashil aqlli yechimlariga o‘tishni tezlashtirish imkonini beradi.

I. FusionSolar Smart PV 6.0+ yechimi: Samaradorlikni oshirish uchun har qanday joyda foydalanish imkoniyati

Huawei turli sanoat ssenariylaridagi talablarga javob bergan holda o‘zining Smart String Inverter’dan foydalaniladigan Smart PV yechimini rivojlantirishda davom etmoqda. Kompaniya raqamli texnologiyalar va quvvatli elektronika texnologiyalarini integratsiyalash, shuningdek fotoelektr sanoatining raqamli va aqlli rivojlanishiga ko‘maklashish hisobiga ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun butun dunyoda mijozlar tomonidan keng e’tirof etilgan.

Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan aqlli simli yechimlar fotoelektr sanoatida muhim tanlovga aylandi. O‘zining yetakchi mavqeiga tayanib, FusionSolar 6.0+ yuqori energiya ishlab chiqarish, aqlli foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni (O&M) taklif qilishda davom etmoqda, shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va tarmoqni shakllantirish sohasida katta yutuqlarga erishmoqda va bu bilan mijozlarning sarflagan sarmoyalarini samarali qoplamoqda.

II. Smart String ESS energiyani saqlash bo‘yicha yechim: Elektr energiyasi narxining optimal darajasi uchun FusionSolar

Energiyani g‘amlash umumiy sof energiya ishlab chiqarish siklida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishda muhim rol o‘ynaydi. Energiyani g‘amlash yechimi (ESS) bir vaqtning o‘zida quvvat zahirasi, regulyator va tarmoq stabilizatori bo‘lib xizmat qiladi va yuqori kuchlanishlarni ushlab qolish hamda chastotalarni tartibga solish uchun qimmatli resurslarni ta’minlaydi. ESS uchun bozor standartlari tobora kuchayib borishi kutilmoqda.

An’anaviy energiya saqlash yechimlari katakchalarning nomuvofiqligi tufayli cheklangan sig‘imga egaligi, xizmat qilish muddatining qisqaligi, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish qiyinligi va xavfsizlik borasida yuqori xatarga egaligi bilan ajralib turadi va bu omillar ESS’dan keng foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. ESS sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va ishlanmalar ishlab chiqish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega Huawei kompaniyasi litiyli batareyalardagi cheklovlarini bartaraf etish uchun raqamli texnologiya, quvvat elektronikasi va energiyani saqlash texnologiyasini noyob aqlli simli tuzilmaga birlashtirmoqda. Huawei Smart String ESS yuqori kuchlanishlarni ushlab qolish va chastotalarni tartibga solish uchun juda mos yechim bo‘lib, u yuqori foyda olish salohiyatiga ega, moslashuvchan va tejamkordir.

Turli biznes modellariga muvofiq, Huawei Smart String ESS moslashuvchan tarzda joylashtirilishi va mijozlar uchun qiymat yaratishi mumkin. Ushbu energiya saqlash yechimi Smart Rack Controller yordamida batareya zaryadsizlanishini optimallashtirilgan boshqaruvini ta’minlaydi, bu esa chastotalarni tartibga solish uchun juda muhim bo‘lgan uzoq va doimiy chiquvchi quvvatni ta’minlaydi. Shu bilan birga, Huawei’ning avtomatik SOC kalibrovkasi va foydalanishga qulayligi ESS uchun chastotani tartibga solish ssenariylaridagi yuqori SOC balansi chastotasi va komponentlarning nosozliklari kabi tarmoq muammolarini hal qiladi, bu esa mijozlar uchun foydalanish xarajatlarini kamaytiradi. Maksimal yuklanishni kamaytirish uchun Pack Optimizer va Smart Rack Controller hayot sikli davomida quvvat ishlab chiqarishni 15% ga oshiradi va mijozlarga yuqori daromad keltiradi.

III. Tijorat va sanoat Smart PV 2.0 yechimi: Barqaror biznes uchun FusionSolar

Korxonalarning energiya xarajatlari va uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun ortib borayotgan talabini hisobga olgan holda, Huawei mutloq yangi uch fazali invertor (SUN2000-50KTL-M3), 100 kVt quvvatni sozlash tizimiga (PCS) va aqlli PV optimallashtiruvchisiga (MERC-1100W/1300W-P) ulanishi mumkin bo‘lgan Smart String ESS (LUNA2000-200KWH -2H0) ni o‘z ichiga olgan 1+3 C&I Smart PV Solution 2.0 yechimini ishlab chiqdi. C&I Smart PV yechimining yangi avlodi turli sanoat tarmoqlari uchun optimallashtirilgan energiya xarajatlari, faol xavfsizlik va imkoniyatlarni kengaytirish uchun aqlli foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega kam uglerodli davrni boshlab beradi.

Korxonalarning elektr energiyasi iste’moli odatda kunduzi eng yuqori darajaga yetadi va iste’mol egri chizig‘i PV egri chizig‘iga nisbatan mos keladi. Fotoelektr energiyani o‘z iste’moli uchun ishlatish va qolgan quvvatni imtiyozli tariflarda tarmoqqa sotish orqali elektr energiyasi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. ESS o‘rnatish energiya iste’molini 80% dan ko‘proqqa oshiradi va eng yuqori narxlardan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi mijozlarga yashil rivojlanish uchun raqobatbardoshlikni oshiradigan past uglerodli muhitni yaratishga yordam beradi.

IV. Uylar uchun aqlli foto‘lektr 3.0 yechimi: yanada yaxshiroq hayot uchun FusionSolar

Bu yil Huawei yangilangan «1+3+X» dizaynini taqdim etdi. Modul kontrolleri, ESS, elektromobil uchun zaryadlovchi qurilma va boshqaruv tizimini o‘zida birlashtirgan aqlli energiya kontrolleri hisobiga integratsiyalashgan yechim aqlli energiya iste’moli ekotizimini ta’minlaydi. Bu avvalgi avlodga nisbatan fotoelektrik tizimlardan iste’mol qilishni 70% dan 90% gacha oshiradi, bu esa elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, faol xavfsizlikni ta’minlash va aqlli yordamchi vazifasini bajarish bilan uylarda ekologik sof energiyadan keng qamrovli foydalanish imkonini yaratadi.

PV va ESS kombinatsiyasi elektr uzilishlari vaqtida zaxira quvvatni kafolatlaydi, xavfsizlik tizimi, yoritish tizimi va maishiy texnikalar kabi muhim jihozlarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va bu bilan foydalanuvchilarni uyda elektr ta’minotining o‘chib qolishi muammosidan xalos qiladi.

Huawei kam uglerodli muhit va yanada ekologik toza va yaxshiroq kelajak qurish uchun butun dunyo bo‘ylab o‘zining buyurtmachilari va biznes sheriklari bilan hamkorlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), quvvat elektronikasi va energiyani saqlashni yaxlit tizimda birlashtirishga harakat qilmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib keladi va shu kunga qadar Huawei raqamli energetika yechimlari yirik va korporativ quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha qator loyihalarda qo‘llanilgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan ShHT Iqtisodiy forumi doirasida Huawei «INNO» texnoparki hududida bo‘lib o‘tgan ShHT sanoat innovatsiyalari yarmarkasida raqamli yechimlarni taqdim etdi, shuningdek, «ShHT hududida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish» panel sessiyasida «Raqamli energiya – bu Yashil rivojlanish drayveri» ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: https://solar.huawei.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring