Yo‘qotilgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotnomani bir kunda olish mumkin
Kutilmaganda eng kerakli hujjatingizdan ayrilib qoldingiz. Aytaylik, u yonib yoki chuqur suv havzasiga tushib ketib, ko‘z o‘ngingizda yo‘qoldi. Uni qayta tiklash uchun esa sizga hozirning o‘zidayoq hujjat yo‘qolgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma suv va havodek zarur...
Buning uchun nima qilish kerak?
Albatta, my.gov.uz imkoniyatlarini ishga solish kerak.
Mazkur holatda talabgor ikkita xizmatdan foydalanadi:
- dastlab topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuboradi;
- so‘ngra yo‘qolgan ashyo topilmagani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishga o‘tsa bo‘ladi. Ushbu jarayonda birinchi xizmatdagi ariza raqami kiritiladi.
Xizmatlardan birinchisi bepul, ikkinchisi esa pullik (13500 so‘m)dir.
Agar siz my.gov.uz foydalanuvchisi bo‘lsangiz, 10% chegirmasi bor (12000 so‘m).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter