Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 nafar erini tuproqqa topshirgan bevaga firibgarlik bo‘yicha ish ochildi

11 nafar erini tuproqqa topshirgan bevaga firibgarlik bo‘yicha ish ochildi

Foto: «mk.ru»

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Armavir shahrida yashovchi, yolg‘iz qariyalarga turmushga chiqqan tovlamachi ayol ishi sudga o‘tkazilgan. U erlariga tegishli mulkni o‘z nomiga rasmiylashtirib, sotib yuborganlikda ayblanmoqda. Bu haqda MK xabar berdi.

Ayolga qizi yaqindan yordam bergan.  Ular oldindan reja qilingan harakatlarni 2013-yildan 2019-yilgacha boshqarganlar.  Ayol yolg‘iz qariyalarni qidirib topgan, ularga turmushga chiqqan.

Shuningdek qizi yordamida mulkni o‘z nomiga o‘tkazishga, ularni sotishga hamda vasiyatnomalar orqali tegishli mulkka egalik qilish huquqiga ega bo‘lganlar.

Shu yo‘l bilan Armavir, Krasnodar va Sochidagi yer uchastkalari, turar-joy binolari va kvartiralar firibgarlar qo‘liga o‘tgan. Barcha mol-mulk sotib yuborilgan. Shuningdek, qo‘shni Novokubansk shahridan kelgan rieltor ham jinoiy ishda faol ishtirok etgan.

Zararning umumiy miqdori 21,7 million rubldan oshgan.  Ayollar 12 erkakni aldagan bo‘lsa, ulardan 11 nafari vafot etgan.  Ayblanuvchiga o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring