Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1845 yilda cho‘kib ketgan «Erebus» kemasidan sochli taroq topildi

1845 yilda cho‘kib ketgan «Erebus» kemasidan sochli taroq topildi

Foto: National Archives of Canada

Arxeologlar cho‘kib ketgan «Erebus» kemasini o‘rganish chog‘ida g‘ayrioddiy artefakt – odam sochi qolib ketgan taroqni topdilar.

foto: minio.nplus1.ru

Jon Franklin boshchiligidagi 1845 yilda g‘oyib bo‘lgan qutb ekspeditsiyasi kemalaridan biridagi topilma mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi, chunki u halok bo‘lgan ekipaj a’zolari haqida ma’lumot berishi mumkin edi, deb yozadi N+1 jurnali.

Ammo DNKni o‘rganish genetik materialning yo‘q qilinishi tufayli kerakli natijalarni bermadi. Kimyoviy tahlillar Bichi orolidagi qabrlar va ma’lumot namunalari bilan solishtirganda ba’zi elementlarning, jumladan magniy, marganets, stronsiy va qo‘rg‘oshinning tarkibida katta farqlarni aniqladi.

Glazgo universiteti mutaxassislarining xulosalariga ko‘ra, taroq Franklinning boshqaruvchisi Edmund Xoarga tegishli bo‘lishi mumkin edi. Mutaxassislar topilmani XIX asr o‘rtalarida Shimoliy Muz okeanini o‘rganish tarixiga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan muhim artefaktlardan biri deb hisoblashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring