Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida 280 nafar yo‘lovchisi bor kema yonib ketdi

Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinida yo‘lovchi kema yonib ketdi. Yong‘in natijasida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 150 ga yaqin yo‘lovchi qutqarilgan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Xabar qilinishicha, «KM Barcelona» nomli yo‘lovchi kema 13:00 atrofida Manado yaqinida suzib ketayotganda yonib ketgan. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda kema sahnida 280 ga yaqin odam bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter