Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilning asosiy ranglari e’lon qilindi

2021-yilning asosiy ranglari e’lon qilindi

Illyustrativ surat

AQShdagi Pantone ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021-yilning asosiy ranglarini belgilashdi: bular to‘q kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (13-0647 Illuminating).

Foto: Pantone

«Toshdek mustahkam va chidamli hamda iliq va optimistik ranglar jamlanmasi (Ultimate Gray/Illuminating) kuch va pozitivni ifodalaydi», — deyiladi institut izohida.

Pantone direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, ushbu ranglar birgalikda insonga sabr-toqat va umid bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, institut 2020-yil uchun xotirjamlik va ishonchni ifodalovchi klassik ko‘k rangni tanlagandi.

Ma’lumot uchun: Pantone instituti ranglar yaratish va ranglar tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Ularning ishlaridan butun dunyodagi dizayner va reklamachilar foydalanishadi. 2000-yildan beri instiut har yilning o‘z rangini belgilab keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring