Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda faqat bir mamlakatda inflyatsiya kuzatilmadi

2022-yilda faqat bir mamlakatda inflyatsiya kuzatilmadi

Foto: Africanews

2022-yilda jahon bo‘yicha eng yuqori inflyatsiya (yillik kesimda) qayd etilgan mamlakatlar — Zimbabve (243,8 foiz), Venesuela (234 foiz) va Livan (122 foiz).

Shuningdek, Argentina (94,8 foiz) va Sudan (87,3 foiz) — «teskari yetakchilar» beshligida.

2022-yil yakunlari bo‘yicha Turkiya (64,3 foiz) va Shri-Lanka (59,2 foiz)da ham inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ldi.

O‘tgan yili eng past inflyatsiya Xitoy (1,8 foiz) va O‘mon (1,98 foiz)da kuzatildi.

2022-yilda faqatgina bir mamlakatda inflyatsiya o‘z o‘rnini deflyatsiyaga bo‘shatib berdi — Janubiy Sudan — bu mamlakatda narxlar 11,6 foiz arzonlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring