Janubiy Sudanda 9 mln kishi ocharchilik yoqasida

Jahon bozorida oziq-ovqat narxi keskin oshishi hamda qurolli guruhlarning xatti-harakatlari oqibatida Janubiy Sudanning 9 millionga yaqin aholisiga bu yil ocharchilik xavf solmoqda. BMTning Janubiy Sudandagi missiyasi rahbari Nikolas Xeys bu haqda bayonot berdi.
«Janubiy Sudan aholisining uchdan ikki qismi yoki 9 mln kishi, shundan 4,6 mln nafari bolalar — tirik qolish uchun ko‘makka muhtoj. Oziq-ovqat yetishmovchiligi mamlakatning turli nuqtalarini qamrab oladi», — dedi u Janubiy Sudan poytaxti Jubada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter