2023-yilda davlatlar miqyosida 59 ta urush va qurolli nizo qayd etildi
Uppsala universiteti (Shvetsiya) mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilda davlatlar miqyosida 59 ta urush va qurolli nizo qayd etilgan. Bu qurolli to‘qnashuvlar haqida ma’lumotlar yig‘ish boshlangan 1946-yildan buyon eng katta ko‘rsatkich!
Bundan oldingi eng yuqori cho‘qqilar 2020 va 2022-yillarga to‘g‘ri kelgan — 56 tadan qurolli nizo.
Shu bilan birga, jangu jadallar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2023-yilda 2022-yilga nisbatan ikki baravar qisqardi — 310 ming nafardan 154 ming nafargacha. Bu Efiopiyaning Tigray hududidagi o‘ta qonli urushning tugashi bilan bog‘liq, deyishmoqda mutaxassislar.
2023-yilda Ukrainadagi jangovar harakatlar taxminan 71 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 21 ming kishini hayotdan olib ketdi, deyiladi UCDP ma’lumotlarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter