Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yil oxiriga kelib oltin narxi 2900 dollargacha oshadi – UBS

2025-yil oxiriga kelib oltin narxi 2900 dollargacha oshadi – UBS

UBS tahlilchilari 2025-yil oxirigacha oltin narxi bir unsiyasi uchun 2900 AQSh dollarigacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda. Ularning fikricha, bu geosiyosiy xatarlar fonida markaziy banklarning xaridlari va investorlarning qimmatbaho metalga qiziqishi bilan bog‘liq.

Tahlilchilarga ko‘ra, kelgusi ikki yil ichida oltin narxining oshishi AQSh Kongressidagi Respublikachilar partiyasining hukmronligi, sarmoyalarni diversifikatsiya qilishga investorlarning yuqori qiziqishi va yuqori global noaniqlik bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, qimmatbaho metal narxiga makroiqtisodiy o‘zgaruvchanlik va geosiyosiy xatarlar fonida markaziy banklar tomonidan xaridlar va oltinga strategik investitsiyalar ta’sir ko‘rsatadi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil boshidan beri oltinning spot narxi 28 foizga oshdi. Bunga markaziy banklardan xaridlar, AQSh Federal rezervi tomonidan pul-kredit siyosatini yumshatish, Yevropa va Yaqin Sharqdagi keskinliklar, xususan, Rossiyaning Ukrainadagi davom etayotgan qurolli bosqini sabab bo‘ldi.

Avvalroq Goldman Sachs tahlilchilari kelasi yil oxirigacha oltin narxi bir unsiya uchun 3000 dollarga yetishini bashorat qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring