Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

215 soat ovoz chiqarib kitob o‘qigan kitobxon Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

215 soat ovoz chiqarib kitob o‘qigan kitobxon Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Osogbolik (Nigeriya) Samson Ajao mutolaa marafonida hammani hayratda qoldirdi – Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Kitobsevar erkak ovoz chiqarib o‘qish uchun 215 soat vaqt sarflab, yuzga yaqin kitoblarni odamlar bilan «baham» ko‘rdi. Samson moliya, savdo, menejment, siyosat, salomatlik va ruhiy farovonlik kabi mavzulardagi kitoblarni o‘qidi. Rekordchi o‘z vatanida savodxonlikni oshirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga umid qilishini qo‘shimcha qildi.

Har bir soat o‘qishdan so‘ng, 27 yoshli Samson besh daqiqa dam oldi – shu vaqt ichida u ovqat yeyishi va suv ichishi, kiyimini almashtirishi yoki uxlashi mumkin edi. To‘g‘ri, rekordchi biron marta uxlashga ulgurmadi. Bundan tashqari, oldin kitobxon shifokorlar bilan maslahatlashib, qanday ichimliklar o‘qish davomida ovozini saqlab qolishga yordam berishini va shu bilan birga ichadigan suyuqligi tez-tez bezovta qilmasligini bilib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring