23 yoshli yapon bir o‘zi yaxtada dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi
Yaponiyalik 23 yoshli Xirotsugu Kimura 12-noyabr kuni yaxtada dunyo bo‘ylab tanaffussiz (hech qayerda to‘xtamaydi) sayohatga yo‘l oldi. Bu haqda The Japan News xabar berdi.
U Nisinomiya (Xego prefekturasi) portidan yo‘lga otlandi. Maqsadi — yaxtada bir o‘zi dunyo bo‘ylab to‘xtovsiz sayohat qilgan eng yosh yapon maqomini olish. Kimura yaxtasida janubga yo‘l oldi, keyin yo‘nalishni sharqqa buradi, olti oyda 45 ming kilometrni suzib o‘tmoqchi.
Sayohat arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u «o‘z imkoniyatlarimni bilish uchun bunga qo‘l urganini» aytdi.
«Okean, moviy osmon, tabiat manzaralaridan bahra olmoqchiman», — qo‘shimcha qildi yosh sayyoh. Uni portda yaqinlari, do‘stlari, hamkasblari — 80 ga yaqin kishi olis yo‘lga kuzatib qo‘yishdi.
Shu paytgacha yaxtada yolg‘iz va tanaffussiz dunyo bo‘ylab sayohat qilgan eng yosh yapon — Kodziro Siraisi (55 yoshida bu ishni uddalagan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter