Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26 kishi tok urishidan halok bo‘ldi — Kongo

26 kishi tok urishidan halok bo‘ldi — Kongo

Foto: BBC

Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasadagi bozorda elektr simi uzilib ketishi fojiaga olib keldi. 26 kishi tok urishidan halok bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.

Baxtsiz hodisa shahar chekkasidagi Matadi-Kibala tumanida ro‘y berdi: mahalliy bozorda 2-fevral kuni elektr simi uzilib, binolar va odamlarning ustiga tushgan.

Mamlakat eneretika kompaniyasi sim chaqmoq urishi natijasida uzilganini ma’lum qildi.

OAV yozishicha, hodisa qurbonlarining aksariyati — ayollar. O‘sha kuni yomg‘ir ko‘p yog‘ib, odamlar ko‘lmaklarni kechib yurishgan...

Politsiya va mahalliy hokimlik hodisa yuzasidan ish ochdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring