Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 yilga qamalgan erkak politsiya kiyimida qamoqdan qochib ketdi

50 yilga qamalgan erkak politsiya kiyimida qamoqdan qochib ketdi

Foto: Unsplash

Qotilligi va nomusga tajovuz qilganligi uchun qamalgan amerikalik jinoyatchi politsiya xodiminikiga o‘xshash formani kiyib qamoqdan qochib ketdi, deb xabar berdi Associated Press.

Grant Hardin 25-may kuni kamerasidan izsiz yo‘qolgan. Qamoqxona xodimlari qochish qanday yuz bergani haqida aniq tafsilotga ega emaslar. Taxminga ko‘ra, u politsiya xodiminikiga o‘xshash forma yasab, kiygan va qamoqxonani tark etgan (xuddi «Yarim tungi ekspress» (1978) filmi qahramoni kabi — tahr.). Hozir u qidiruvda.

Grant Hardin 2017-yilning oktyabrida qamalgan. U Geytuey suv ta’minoti boshqarmasining 59 yoshli xodimini o‘ldirganiga iqror bo‘lgan. Bundan tashqari, 1997-yildagi jinoyati ham yillar o‘tib fosh bo‘lgan: u maktab o‘qituvchisining nomusiga tekkan. Jami hisoblagan Hardin 50 yil qamoqda o‘tirishi kerak edi.

Qizig‘i, Grant Hardin 2016-yilning boshida to‘rt oy Arkanzasdagi Geytuey politsiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring