89 nafar migrant Mavritaniya sohillari yaqinida halok bo‘ldi
Yevropaga yo‘l olgan salkam 90 nafar migrant Mavritaniya sohillari yaqinida halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgan qayiq Senegal va Gambiya chegarasidan yo‘lga chiqib, Ndigao shahridan 4 km olislikda ag‘darilib ketgan, deb xabar berdi The Guardian nashri davlat axborot agentligiga asoslanib.
«Mavritaniya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati dushanba, 1-iyul sanasida Atlantika okeani sohillarida 89 kishining jasadini aniqladi», — deyiladi xabarda.
To‘qqiz kishi, jumladan, 5 yoshli qizcha qutqarilgan. Qolgan barcha yo‘lovchilar bedarak yo‘qolgan. Tirik qolganlarning guvohlik berishicha, qayiq halokatga qadar okeanda 10 kun suzgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter