96 yoshli milliarder nihoyat pensiyaga chiqdi
Dunyoning eng boy insonlaridan biri — 96 yoshli Uorren Baffet Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi. U shu tariqa kompaniya boshqaruvini bosqichma-bosqich tark etish jarayonini yakuniga yetkazdi.
Yangi rais — uning o‘g‘li Hovard Baffet. Taniqli investorning o‘zi faxriy rais maqomini oldi, u direktorlar kengashi a’zoligini saqlab qoldi va kompaniyaga maslahat berishda davom etadi.
Baffet yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida Berkshire Hathaway rahbari bo‘ldi, sobiq to‘qimachilik kompaniyasini qariyb trillion dollarlik konglomeratga aylantirdi. U 2026 boshida kompaniya direktorligini uzoq yillik o‘rinbosari Greg Abelga topshirgan, kompaniyaning kelgusi boshqaruvi aynan Abelning izmida bo‘ladi.
Mavzuga doir: Biznes olamidagi «kamazchi»
Hovard Baffetning vazifasi esa — direktorlar kengashini boshqarish hamda otasi barpo etgan «korporativ madaniyatni saqlashda ko‘maklashish».
Uorren Baffetning o‘zi rahbarlik lavozimlaridan uzil-kesil ketishini qisqagina izohladi: «Vaqt hamisha g‘olib».


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter