Afg‘oniston prezidentining tansoqchisi o‘ldirib ketildi

Kobulda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining tansoqchilaridan biriga suiqasd uyushtirildi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligiga tayanib Azon.uz.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Toriq Aryonning aytishicha, noma’lum kishilar Qiyomiddin Maqsudiy ismli tansoqchini o‘ldirgan, yana bir tansoqchini yaralagan. Suiqasd poytaxt Kobulning Pag‘mon tumanida sodir bo‘lgan.
Mazkur hujumni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter