Afrika sohillarida ukrain droni turk tankerini nishonga oldi
G‘arbiy Afrika — Senegal sohillarida Turkiyaning Beşiktaş Denizcilik kompaniyasiga qarashli M/T Mersin neft tankeri halokatga uchradi, deb xabar berdi Deniz Haber agentligi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Rossiya neftini tashigani uchun kemaga Ukraina droni hujum qilgan. Panama bayrog‘i ostida harakatlangan M/T Mersin kemasi cho‘kishni boshlagan.
Tankerning uzunligi 183 metr, kengligi 32 metr, yuk ko‘tarish quvvati 50 000 tonna. Kema 2009-yilda qurilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter