Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ahmadga qarshi»: Efiopiyadagi muxolifatchilar kuchlarni birlashtirdi

«Ahmadga qarshi»: Efiopiyadagi muxolifatchilar kuchlarni birlashtirdi

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad.

«Journalby.com»

Efiopiyadagi 9 ta muxolif guruh mamlakat bosh vaziri Abiy Ahmad hukumatini to‘ntarish uchun kuchlarni birlashtirdi, deb yozmoqda «Regnum». Muxoliflar AQShda o‘zaro bitim tuzishgani haqida «Al Jazeera» telekanali xabar berdi.

Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangi koalitsiya bosh vazir Ahmad hukumatini kuch ishlatib yoki muzokaralar yo‘li bilan to‘ntarib, muvaqqat hukumat shakllantirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

«Abiy Ahmad avtokratik boshqaruvining biz va boshqa mamlakatlar xalqlari uchun halokatli oqibatlarini anglagan holda hamkorlikka, mamlakatda hukumat xavfsiz topshirilishi uchun kuchlarimizni birlashtirish zarurligiga ehtiyoj sezdik», — dedi Demokratik harakat a’zosi Agau Admassu Segaya.

Efiopiya bosh prokurori Gedion Timotevosning ta’kidlashicha, muxoliflar bitimi shunchaki «reklama yurishi», kolitsiyaning ayrim qatnashchilari «hech qanday qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lmagan tashkilotlar»dir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring