Ahmet Erjan: Kechagi zilzila — halokatlar darakchisi

Kecha Istanbulda yuz bergan zilzilalar yanada kuchli — 7-7,2 magnitudali yer qimirlashlari darakchisi. Turk seysmologi Ahmet Erjan bu haqda RIA Novostiga ma’lum qildi.
To‘g‘ri, halokatga hali ancha bor. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, kuchli zilzila 2045—2075-yillar oralig‘ida yuz berishi ehtimoli katta.
Istanbul hokimligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 7,5 magnitudali zilzila yuz bersa, shahardagi kamida 90 mingta bino vayron bo‘ladi va taxminan 4,5 million fuqaroga vaqtincha boshpana topishga to‘g‘ri keladi. Sug‘urta kompaniyalari yer qimirilashi yetkazadigan zarar 325 mlrd dollardan oshadi, deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23-aprel kuni Istanbul va unga yaqin hududlarda magnitudasi 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 236 kishi jarohat oldi, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. Aftershoklar (takroriy yer qimirlashlari) tufayli aholi o‘rtasida vahima kuchayib, ko‘chalar odamlar bilan to‘ldi, ayrimlar tunni ko‘chada bedor o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter