Aka-uka butun oilani o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi
AQShning Texas shtati Dallas shahrida aka-uka butun oilani o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ABC News telekanali politsiyaga asoslanib xabar berdi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka ota-onasi, singlisi va buvisini otib tashlashgan. So‘ngra o‘z joniga qasd qilishgan. Ularning ismlari oshkor etilmayapti.
Aka-ukalardan biri o‘z rejalarini ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlarni o‘ldirish to‘g‘risidagi qaror barcha ijobiy va salbiy tomonlarni o‘ylab ko‘rgandan so‘ng qabul qilingan.
Shuningdek, u so‘nggi paytlarda o‘zini tez-tez kesib jarohat yetkazgani, depressiyani davolash natija bermaganligini aytdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, postda «Ofis» serialiga alohida e’tibor berilgan — uning tugashi yigitga juda yoqmagan. Bundan tashqari, u akasining qurolni sotib olishidan shikoyat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter