Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev Qorabog‘dagi mojaro tugaganini e’lon qildi

Aliyev Qorabog‘dagi mojaro tugaganini e’lon qildi

Foto: RIA Novosti

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi mojaro tugaganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra endi tinchlik haqida o‘ylash vaqti keldi. Bu haqda Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan Bokuda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

«Ozarbayjon uzoq muddatli mojaroni tugatdi va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlarini bajardi. Endi tinchlik haqida o‘ylash vaqti keldi», — degan Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 27-sentyabr soat taxminan 06.00 da Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon armiyasi egallab turgan marralarni va front chizig‘i yaqinidagi aholi punktlarini yirik kalibrli o‘qli qurol, minomyot tizimlari va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutdi. Tomonlar sulh tuzish uchun bir necha bor urinishdi, 10 noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi.

Moskva vositachiligi bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘q uzishni butunlay to‘xtatishga va mahbuslar va marhumlarning jasadlarini almashtirishga kelishib oldilar.  Shuningdek, Yerevan Kelbajar, Lachin va Agdam tumanlarini Bokuga topshirdi.  Bundan tashqari, mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring