«Alvido, Ben amaki»: «Uncle Ben’s» brendi irqiy mazmuni uchun o‘zgartirildi
AQShning «Mars» kompaniyasi butun dunyoga mashhur «Uncle Ben’s» brendi nomi va logotipini o‘zgartirishini ma’lum qildi. Brend ostida 1943-yildan beri turli garnir va souslar ishlab chiqilmoqda.
Kompaniya press-relizida mahsulot nomi «Ben’s Original»ga o‘zgartirilishi, yorliqlardan irqiy tasavvur uyg‘otuvchi afroamerikalik qiyofasi (Ben amaki) olib tashlanishi aytilgan. Gap shundaki, bir paytlar AQShning janubiy shtatlarida inglizcha «amaki» yoki «xola» so‘zlari faqat qora tanlilarga murojaatda ishlatilgan ekan.
Ben amakidan «voz kechishini» «Mars» iyul oyida, butun mamlakatni Black Lives Matter harakati qamrab olganida e’lon qilgandi.
Xuddi shu paytda «PepsiCo» korporatsiyasi ham «Aunt Jemima» brendi (pishiriqlar va souslar ishlab chiqariladi)ni bekor qilishini ma’lum qildi. E’tiborli jihati, qarindoshlari bu qarorni xolaning xotirasiga hurmatsizlik deya qarshi chiqishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter