Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uyni portlatish rejasi uchun amerikalik 15 yilga qamaldi

Oq uyni portlatish rejasi uchun amerikalik 15 yilga qamaldi

Amerika sudi Jorjiya shtati fuqarosini qurol va portlovchi vositalar yordamida Oq uyga hujum qilishga uringani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Kamming shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Xasher Jalol Taxeb Oq uyga terrorchilik hujumini rejalashtirib yurgan. Chunki bu jihodda qatnashish majburiyatlaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Taxebga nisbatan tergov harakatlari bir yildan ortiq davom etgan. 2018-yil mart oyida mahalliy fuqarolardan biri huquqni muhofaza qilish organlariga yosh yigit radikallashganligi va chet elga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. 2019-yil yanvarda Taxeb FQB agentlari tomonidan hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring