Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anchadan beri tinchib qolgan Kobulda portlash bo‘ldi

Anchadan beri tinchib qolgan Kobulda portlash bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida «Tolibon» harakati a’zolariga tegishli mashina portlatilgan. Bu haqda Aamaj News axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Portlash Kobulning 10-tumanida sodir bo‘ldi. Magnitli bomba yordamida «Tolibon» harakatiga tegishli «Reynjer» avtomobili portlatildi. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q», deyiladi xabarda.

Toliblarning rasmiy vakillari hozircha voqeaga izoh berishmagan. Mamlakatdagi boshqa terrorchilik guruhlari ham hali bo‘yniga olishgani yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zlarini «xalq demokratik partiyasi» deb nomlab olgan jangarilar guruhlari «Tolibon» hukumatiga qarshi urush e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring