Antarktida oldida turgan jiddiy muammo. Olimlar xavotirli faktni ochiqladi
Janubiy qutbda ekstremal darajada muzlar erishi kuzatilmoqda, Antarktidada dengiz muzlari shiddat bilan erimoqda.
Antarktidani o‘rab turgan dengiz muzlari ketma-ket ikkinchi yil rekord qishki minimumga yetish arafasida, deb yozadi The Guardian Avstraliya hamkorligi olimlari ma’lumotlariga asoslanib.
2023 yilda dengiz muzining holatida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi: materik atrofidagi qoplam ketma-ket olti oy davomida keskin o‘zgardi, qishki maydoni esa uzoq yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 million kvadrat metrga qisqardi.
Olimlarning taxminiga ko‘ra, xuddi shunday holat 2024 yilda ham takrorlanadi, chunki 7 sentyabrda muz hajmi 2023 yilning shu kunidagidan ham kamroq edi.
«Biz aql bovar qilmaydigan ekstremal hodisalar haqida gapirayapmiz. O‘tgan yil g‘alati bo‘ldi va endi bu takrorlanmoqda», dedi Tasmaniya universiteti tadqiqotchisi Uill Xobbs.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter