AQSh besh ming nafar harbiyni Afg‘onistondan olib chiqishga tayyor

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, tolibon bilan bilan kelishuv loyihasiga muvofiq, Afg‘onistondan besh ming nafar harbiyni 135 kun mobaynida olib chiqishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda RT xabar berdi.
Xalilzod «TOLOnews»ga intervyusida aytishicha, kelishuvga hali so‘nggi nuqtani AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘yishi kerak.
Xalilzod 1-sentyabr kuni Afg‘onistonning «Talibon» radikal harakati bilan muzokaralarning to‘qqizinchi bosqichi yakuniga yetganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, tomonlar kelishuvga erishish arafasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter