Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi nega KXDRga keldi?

AQSh davlat kotibi nega KXDRga keldi?

Foto:«NTV»

27-aprel kuni AQSh davlat kotibi etib tayinlangan  Mayk Pompeo KXDRga bordi. Xabarlarga ko‘ra, u Kim Chen In va Donald Trampning kutilayotgan uchrashuvi sanasiga oydinlik kiritish uchun kelgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, Pompeo ortga qaytishda AQShning KXDRda tutqunlikda bo‘lgan uch nafar fuqarosini olib qaytishi mumkin.

Hozir Kim Chen In va Tramp uchrashishi mumkin bo‘lgan turli shahar va mamlakatlar ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Tramp Kim Chen In bilan ikki Koreya chegarasida, «Tinchlik uyi»da ko‘rishish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring