Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh dollari eng talab katta valyutaga aylandi

AQSh dollari eng talab katta valyutaga aylandi

Foto: Xabar.uz

AQShdagi inflyasiya haqida ma’lumot e’lon qilinganidan so‘ng, AQSh dollarining jahondagi oltita asosiy valyutaga nisbatan qiymatini ko‘rsatuvchi DXY indeksi 113,8 foiz punktidan yuqoriladi.

Bu DXYning so‘nggi 20 yildagi eng maksimal darajasi, deb yozdi Trading Economics. Yevropa inqirozni boshdan o‘tkazyapti, pullar AQShga oqmoqda, dollarga talab oshyapti.

O‘z navbatida, dollar kursining 16 ta valyutaga nisbatini kuzatib boruvchi WSJ Dollar indeksi 0,42 foizga yuqorilab, 105,24 foiz punktigacha yetdi.

Hozir 1 yevro — $0,9656 (kecha $0,9703 edi). 1 dollar — 147,58 iyena (kecha 146,89 iyena edi). 1 funt sterling — $1,1180 (kecha $1,1102 edi).

AQShda iste’mol narxlari (CPI indeksi) yillik kesimda sentyabrda 8,2 foizga oshdi, bu so‘nggi yetti oydagi eng past ko‘rsatkich. Ya’ni sentyabrga kelib inflyasiya pasaydi, avgustda 8,3 foiz edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring