AQSh Kongressi mudofaaga 848 milliard dollar ajratmoqchi
AQSh Kongressining Senati 2023 yilgi mudofaa budjetini 847,3 milliard dollar miqdorida belgilashga kelishdi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi saytida chop etilgan hisobotda aytiladi.
Xususan, Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berish uchun kamida 800 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Bu Oq uyning budjet so‘rovidan 500 million dollarga ko‘p.
Mazkur budjet AQSh tarixida mudofaa uchun ajratilgan eng katta mablag‘ hisoblanadi. Endi kongressmenlar va senatorlar o‘zaro kelishilgan budjet uchun ovoz berishlari kerak. Shundan so‘ng uni prezident Jo Bayden imzolaydi.
Shu bilan birga, Ukrainaga muhim o‘q-dorilarni yetkazib berishni tezlashtirish va Kiyevga qurol jo‘natuvchi AQSh ittifoqchilari va hamkorlarining o‘xshash texnika zaxiralarini to‘ldirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter