AQSh o‘zining yangi strategik bombardimonchi samolyoti – B-21 Raider’ni namoyish etdi
AQShdagi eng yirik mudofaa pudratchilaridan biri Northrop Grumman kompaniyasi juma kuni kechqurun so‘nggi B-21 Raider yashirin strategik bombardimonchi samolyotini taqdim etdi.
Taqdimot AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning o‘zi ishtirokida Palmdaledagi (Kaliforniya) zavodda bo‘lib o‘tdi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi bombardimonchi samolyotini dunyodagi yagona oltinchi avlod samolyoti sifatida baholagan. U o‘zining Twitter akkauntida buni «tarixiy» deb ta’riflagan.
Northgroup Grumanning ta’kidlashicha, B-21 Raider ilg‘or yashirin texnologiyalar tufayli dunyoning istalgan nuqtasiga etib borishi, yadroviy va yadroviy bo‘lmagan qurollarni olib yurish va eng ilg‘or havo mudofaa tizimlarini yengish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, kelajakda bunday modelning uchuvchisiz modifikatsiyalari ham dunyoga taqdim etilishi kutilmoqda.
Ushbu samolyot 2023-yilda havoga ko‘tarish rejalashtirilgan. Harbiylar ushbu samolyotlardan kamida yuztasini sotib olish rejalari haqida gapirmoqda. Pentagon 2023–2027 yillar oralig‘ida B-21 dasturi uchun 19 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter