AQSh Ukrainaga yirik yordam paketi ajratishga qaror qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 600 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
Paketga HIMARS raketa tizimlari, tungi ko‘rish tizimlari, minalardan tozalash uskunalari, artilleriya snaryadlari va boshqa jihozlar kiradi.
Pentagon, shuningdek, yangi paket Ukraina harbiylarini tayyorlashni o‘z ichiga olganini ma’lum qildi.
Rossiya bosqini boshlanishidan beri Vashington Kiyevga 15,1 milliard dollarga yaqin harbiy yordam yuborgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda YTH ga uchragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter