AQSh Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini jo‘natdi
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa USS Georgia atom submarinasini jo‘natish, shuningdek, Abraham Lincoln samolyotlar tashuvchi kemasini yo‘naltirishni tezlashtirishga buyruq berdi. Bu haqda Pentagon Ostin va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant o‘rtasidagi telefon suhbati yakuni bo‘yicha xabarida ma’lum qildi.
Aytilishicha, USS Georgia suvosti kemasi boshqariluvchi raketalar bilan ta’minlangan. Abraham Lincoln aviatashuvchisi esa mintaqaga F-35C qiruvchi samolyotlari bilan boradi. Qo‘shimcha qilinishicha, USS Theodore Roosevelt aviatashuvchisi ayni paytda Yaqin Sharqqa yetib kelgan.
Ostin va Galant G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil hududini himoyalash masalalarini muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Ostin o‘z ittifoqchisini himoya qilish uchun AQSh barcha zarur qadamlarni tashlashga shayligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter