AQShning so‘nggi askari Iroqni tark etdi — DPA
AQSh qurolli kuchlari Iroq hududini butunlay tark etdi, bu haqda DPA (Deutsche Presse-Agentur) axborot agentli iroqlik rasmiyga asoslanib xabar berdi.
Iroqdan AQSh armiyasining barcha jangovar bo‘linmalari, shuningdek, ularga moddiy-texnik ko‘mak ko‘rsatib kelgan ta’minot kuchlari to‘liq olib chiqib ketilgani aytilmoqda. Hozircha AQSh ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Ikki tomonlama kelishuvga binoan, qo‘shinlarni olib chiqish muddati joriy yilning 30-sentyabr kuni rasman yakuniga yetishi belgilangan edi. AQSh va Iroq tomoni qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha yakuniy to‘xtamga 2024-yilda kelishgan edi. Oxirgi yillarda Iroqda (asosan Erbildagi kurdlar hududi va Bag‘doddagi hukumat mavzesida) 2 500 nafarga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi qolayotgan edi.
Amerika askarlarining mamlakatni tark etishi munosabati bilan Iroqda «Mustaqillik bayrami» keng nishonlanishi rejalashtirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter